Close


DOG'ISTON DAVLAT UNIVERSITETI VA URDPI OLIMLARI O'ZBEKISTON BO‘YLAB TADQIQOTLARDA...


Ayni kunlarda Dog‘iston davlat universiteti Biologiya fanlari doktori (DSc), professor Maksim Nabojenko hamda Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori (DSc) Xudoybergan Bekchanov rahbarligida bir guruh tadqiqoqtchilar ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqdalar.

Olimlar Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg'ona, Namangan, Andijon hududlarida O‘zbekiston hasharotlari turlarining xilma-xilligi aniqlash maqsadida izlanish ishlarini davom qildirmoqdalar. Jarayonlarda Farg'ona davlat universiteti professor-o'qituvchilari ham ishtirok etmoqdilar.

Ma'lumot uchun, 2023-yil avgust oyida olimlar hammuallifligida O‘zbekistonda qo‘ng‘izlarning yangi turlari kashf etilgan edi. Nufuzli, Scopus bazasidagi "Caucasian Entomological Bulletin" (print-ISSN 1814-3326; online-ISSN 2713-1785) is an international, peer reviewed open-access, scientific journal) jurnalida chop etilgan maqolada (https://en.ceb.ssc-ras.ru/yelektronnaja_versija-335382387/ceb_volume_19_issue_1_2023/) O‘zbekiston g‘arbidan 2021-2023-yillarda olib borilgan koleopteriologik ekspeditsiya natijalari e’lon qilingan.

Maqolaning yetakchi muallifi yosh koleopterolog olim, Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti N.Bekchanov bo‘lsa, hammualliflar Dog‘iston davlat universiteti olimi M.V.Nabojenko hamda Urganch davlat pedagogika instituti olimi X.U.Bekchanovlar edilar. Maqolada mamlakatimiz g‘arbidan (Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston) qora qo‘ng‘izlarning 79 turi qayd etilgan. 

©️UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: