Close

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-289-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universiteti pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

Hozirgi kunda institutimizda 3 ta fakultet mavjud. Bular Filologiya va san’at fakulteti va Pedagogika fakultetidir.

Urganch davlat pedagogika institutida hozirgi kunda kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida 11 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda. Ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 4181 nafar talaba tahsil olmoqda.

60112100 – “Milliy g‘oya; ma’naviyat asoslari va huquq  ta’limi” yo‘nalishi,

60111700 – “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” yo‘nalishi,

60111400 – “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi,

60111300 – “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishi ,

60111200 – “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi,

60111800 – “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” yo‘nalishi,

60112200 – “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi,

60112300 – “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi,

60110200 – “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi,

60110100 – “Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi)” yo‘nalishi,

60110500 – “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi kiradi.

Urganch davlat pedagogika institutida hozirgi kunda 7 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda. Ushbu magistratura mutaxassisliklariga:

70110101 – “Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)” mutaxassisligi,

70110201 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)” mutaxassisligi,

70110501 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)” mutaxassisligi,

70111202 – “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” mutaxassisligi,

70111301 – “Musiqa ta’limi va san’at” mutaxassisligi,

70112201 – “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligi,

70112301 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)” mutaxassisliklari kiradi. 

Urganch davlat pedagogika institutida so‘nggi olti oyda amalga oshirilgan ishlar:

1)  1 nafar fan doktori (DSc) va 13 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlangan;

2)  3 ta darslik, 6 ta monografiya va 9 ta o‘quv va uslubiy, 12 ta o‘quv  qo‘llanma chop etilgan;

3)  Xorijiy grantlar 1 ta, shu jumladan,  AQShning FEP dasturi bo‘yicha loyixa amalda

4)  Mualliflik guvohnomalar soni 1 ta, 1 tapatent va foydali modellar uchun guvohnomalar olingan;

5)  88 ta xorijiy jurnallarda maqola, jumladan yuqori reytinglarga kiruvchi jurnallar Web of Scienc da 1 ta,  Impakt-faktor jurnallarda 11 ta, Xalqaro jurnallarda 31 ta, xalqaro konferensiyalarda 46 ta,  Bundan tashqari, respublika konferensiyalarida 35 ta, respublika jurnallarida          45 ta maqolalar nashr etilgan;

6)  Nufuzli xorijiy oliygohlarning 1 nafar professor-o‘qituvchisi jalb qilingan;

7)  Institut akademik litseyi 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab qabulini amalga oshiradi.

8)  Sport bo‘yicha 1 nafar Jahon chempioni, 2 nafar Osiyo va 6 nafar O‘zbekiston chempionlari tahsil oladi.

--> --> --> --> --> --> --> --> --> --> -->