Close

 

"MUVAFFAQIYAT QADAMLARI" LOYIHASINING ILK UCHRASHUVI O'TKAZILDI

📌 Bugun,  Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Urganch davlat pedagogika instituti boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan institut talabalari ishtirokida "Muvaffaqiyat qadamlari" loyihasining ilk uchrashuvi tashkil etildi.

🔰 Unda koʻplab muvaffaqiyatlarga erishgan faol yosh Ixtiyor Madrimov mehmon bo'ldi.

❗️Ma'lumot sifatida I.Madrimov Xalq deputatlari Yangiariq tuman kengashi deputati, "Kelajak bunyodkori" medali sohibi, Prezident va "Navoiy" nomli davlat stipendianti hisoblanadi.

🔰 Uchrashuvda I.Madrimov tomonidan muvaffaqiyatlarga erishishning bosh mezoni mehnat va ilm olishda ekanligi, O'zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr bildirildi. Shuningdek, Prezident va nomli davlat stipendiyalariga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi. Ochiq muloqot shaklida o'tgan uchrashuvda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.