Close


Singapurlik mutaxassis tomonidan workshop tashkil qilindi


2024- yil 6- mart kuni singapurlik mutaxassis Benson Lek Hong Khim Urganch davlat pedagogika institutida, Filologiya va tarix fakulteti, xorijiy filologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun metodik seminar o‘tkazdi. Seminarda Janob Benson Singapur maktab ta’lim tizimi va O‘zbekiston ta’lim tizimini solishtirgan holda o‘qitish metodikalaridagi farqlarni aytib o‘tdi. Singapurlik mutaxassis, shuningdek, PISA o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro darajada baholash tizimi haqida tushuncha berdi va ushbu tizim haqida talaba va o‘qituvchilar bilan fikr almashdi. O‘tkazilgan seminar mashg‘ulot professor-o‘qituvchilar va talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Ulashish: