Close

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAʼMURIYATI VA INSTITUT BOSHLANG‘ICH KASABA UYUSHMA QO‘MITASI O‘RTASIDA 2023-2025-YILLAR UCHUN TUZILGAN JAMOA SHARTNOMASINI TASDIQLASHGA BAG‘ISHLANGAN KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

Yig‘ilishni Urganch davlat pedagogika instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi G‘.Samandarov ochib berdi.

    Konferensiyani olib borish uchun H.Sitmetov konferensiya raisi sifatida saylandi hamda kasaba uyushma tashkilotida hisobda turgan 225 nafar kasaba uyushma aʼzolari ishtirokida konferensiya o‘z ishini boshladi.

    Ishchi rayosat tarkibiga quyidagi nomzodlar kiritildi:
1. J.R.Yarmetov — UrDPI rektori v.v.b.
2. M.R.Raximova — Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Xorazm viloyati bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi
3. H.R.Sitmetov — konferensiya raisi
4. G‘.Z.Samandarov — Institut boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
5. A.J.Atajanova — Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

    Oliygohimizning hurmatli mehmoni Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Xorazm viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi Muyassar Rajabboyevna Raximova ham ishtirok etdi va jamoat shartnomasi hamda mehnat shartnomasining o‘ziga xos jihatlari, xodim va rahbar, shu bilan birgalikda, xodim va kasaba uyushmasi o‘rtasidagi munosabatlar kabi muhim masalalar yuzasidan batafsil fikr-mulohazalarini bayon qildi.

     UrDPI rektor v.v.b. J.R.Yarmetov nutq so‘zlab, inson sha'ni va qadr-qimmati, xususan, pedagog xodimlarning sharafli kasbidagi mashaqqatlar va bunda kasaba uyushmasining o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

    Xodimlar va talabalarning mehnatini muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlash ishlari bo‘yicha 2023-yil uchun tuzilgan bitimni tasdiqlash bo‘yicha institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi mutaxassisi B.Bekchanov so‘zga chiqdi.

    Qaror qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.

urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAʼMURIYATI VA INSTITUT BOSHLANG‘ICH KASABA UYUSHMA QO‘MITASI O‘RTASIDA 2023-2025-YILLAR UCHUN TUZILGAN JAMOA SHARTNOMASINI TASDIQLASHGA BAG‘ISHLANGAN KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

Ulashish: