Close

 Kafedra tarixi va asosiy faoliyati:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2022 - yilda tasdiqlangan “Urganch davlat pedagogika instituti tashkiliy tuzilmasi” va 2022-yil 6-sentabrdagi institut Kengashi qaroriga muvofiq “Texnologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashkil etilgan. 2023-2024 o‘quv yilidan kafedra nomi “Jismoniy madaniyat” deb nomlandi. Hozirgi kunda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, professor Matnazarov O‘ktam Latipovich rahbarlik qilmoqda.

Kafedraning asosiy vazifalari: talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej, kasb-hunar maktablari va texnikum o‘quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida faoliyatini tashkil qilish, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish va boshqarish, jamiyatning ijtimoiy qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy tarbiyani ommalashtirish kabi bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan.

Jismoniy madaniyat kafedrasida 60112200 – Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va  70112201-“Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

Kafedraning asosiy maqsadi: Jismoniy tarbiya va sport turlarining rivojlanish tarixini o‘rganish, ta’lim jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommukatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib, yuqori darajaga yega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali mutaxasislari va trenerlarini ta’lim jarayonlariga jalb qilingan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni, iqtidorli talabalarni tarbiyalashdan iborat.

Bo‘lajak kadrlarga mutaxassislik bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish orqali, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalarga ega qilish qatorida pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi amaliy ko‘nikmalarni egallashni nazarda tutadi.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

60112200-Jismoniy madaniyat bakalavr ta’lim yo‘nalishida

 

Fanlar nomi

1.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

2.

Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi

3.

Milliy va harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi

4.

Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi

5.

Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi

6.

Sport to‘garaklarini tashkil qilish va o‘tkazish

7.

Sport inshaotlari

8.

Shaxmatni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti

70112201- Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va

metodikasi mutaxassisligida

 

Fanning nomi

1.

Jismoniy tarbiya va sport soxasida ilmiy faoliyatni tashkil qilish

2.

Sport pedagogikasi

3.

Sport menejmenti

4.

Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi

5.

Adaptiv jismoniy tarbiya

6.

Jismoniy tarbiya va sport soxasida ilmiy faoliyatni tashkil qilish

7.

Jismoniy rivojlanishni tibbiy-fiziologik va nazariy hamda amaliy asoslari

8.

Tanlangan sport turlari nazariyasi va uslubiyati


Talaba-yoshlarni iqtidorli va salohiyatli kamol topishida, kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib tarbiyalanishida sport turlariga ixtisoslashgan 13 tadan ortiq sport to‘garaklari faoliyati keng yo‘lga qo‘yildi.

Buning natijasida Osiyo, Jahon hamda Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida (Nodirbek Jumanazarov erkin kurash, Sotimboyeva Oltinoy, Bohadirova Sitora boks, Erkaboyeva Sevinch gandbol) ishtirok qilish etishib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib davlatimiz bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarda ko‘tarishda o‘zlarining katta xissalarini qo‘shib kelishmoqda.


Sport to‘garaklari

T/r

To‘garak rahbarining F.I.Sh.

To‘garak nomi

Hafta kunlari

Mashg’ulot vaqti

1

Madaminov Mirjalol

Basketbol (erkaklar)

Dushanba-Chorshanba-Juma

1700-1830

2

Madaminov Mirjalol

Basketbol (ayollar)

Seshanba-Payshanba-Shanba

1600-1730

3

Baxramov Umrbek

Voleybol (erkaklar)

Dushanba-Chorshanba-Juma

1700-1830

4

Baxramov Umrbek

Voleybol (ayollar)

Seshanba-Payshanba-Shanba

1600-1730

5

Yo‘ldashev Javlon

Qo‘l-to‘pi (erkaklar)

Dushanba-Chorshanba-Juma

1700-1830

6

Yo‘ldashev Javlon

Qo‘l-to‘pi  (ayollar)

Seshanba-Payshanba-Shanba

1530-1700

7

Sapayev Ro‘zmat

Futbol

Dushanba-Chorshanba-Juma

1400-1530

8

Abdirahmanov Laziz

Stol tennis

Seshanba-Payshanba-Shanba

1400-1600

9

Yaqubov Arslon

Badminton

Dushanba-Chorshanba-Juma

1400-1600

10

Madaminov Mirjalol

Streetbol

Dushanba-Chorshanba-Juma

1700-1830

11

Baltayeva Barchinoy

Shaxmat

Dushanba-Chorshanba-Juma

1400-1600

12

Baltayeva Barchinoy

Shashka

Seshanba-Payshanba-Shanba

1530-1700

13

Muratov Sanjar

Workout

Dushanba-Chorshanba-Juma

1530-1700

 
Urganch davlat pedagogika instituti voleybol terma jamoasi

 

Jismoniy madaniyat 2-bosqich talabasi Nodirbek Jumanazarov Iordaniyaning Amman shahrida bo’lib o’tgan U-20  Wrestling bo‘yicha Jahon chempionatida bronza medal sohibi.

Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Oltinoy Sotimboyeva Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida sportning boks turi bo‘yicha 81 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Sitora Baxodirova ham boks sport turi bo‘yicha 63 kg vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

  

Urganch davlat pedagogika institutining iqtidorli talabalari Osiyo ochiq kubogi g'olibi

Urganch davlat pedagogika institutining iqtidorli talabalari Osiyo ochiq kubogi g'olibi ...

2024-04-20

Urganch davlat pedagogika institutining iqtidorli talabalari tomonidan Osiyo ochiq kubogining oltin medallarini zabt etildi!

Institu ...

Batafsil
Urganch davlat pedagogika instituti talabalaridan sport sinovlarini qabul qilish jarayonlari boshlandi.

Urganch davlat pedagogika instituti talabalaridan sport sinovlarini qabul qilish jarayonlari boshlandi. ...

2024-04-24

Urganch davlat pedagogika instituti talabalaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish jarayonlari boshlandi ...

Batafsil
Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetining Psixologiya va ta'lim institutida malaka oshirish

Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetining Psixologiya va ta'lim institutida malaka oshirish ...

2024-04-02

Urganch davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o'qituvchilari Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetining Psixologiya va ta& ...

Batafsil
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ...

2024-03-13

Urganch davlat pedagogika institutida “Globallashuv jarayonida talabalar sporti va jismoniy tarbiya ta'limining dolzarb muammolari va yec ...

Batafsil
Diqqat Konferensiya

Diqqat Konferensiya ...

2024-02-10

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 

Batafsil

UrDPI TALABASI O’ZBEKISTON CHEMPIONATIDA KATTALAR O'RTASIDA OLTIN MEDAL SOHIBASIGA AYLANDI!

UrDPI TALABASI O’ZBEKISTON CHEMPIONATIDA KATTALAR O'RTASIDA OLTIN MEDAL SOHIBASIGA AYLANDI! ...

2023-12-13

Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabasi Shirinjon Yo’ldosheva O’zbekiston chempionatida dzyudo bo& ...

Batafsil
TOSHKENT SHAHRIDA GANDBOL BO‘YICHA

TOSHKENT SHAHRIDA GANDBOL BO‘YICHA "WOMEN'S IHF TROPHY — ASIA CONTINENTAL PHASE" TURNIRI BO‘LIB O‘TMOQDA ...

2023-11-09

Ayni kunlarda Toshkent shahrida gandbol bo‘yicha "Women's IHF Trophy — Asia Continental Phase" turniri bo‘lib o&lsq ...

Batafsil

“Jismoniy madaniyat” kafedrasida ta’lim berish, malakali mutaxasislarni tayyorlashda, jismoniy tarbiya va sport soxasi bo‘yicha ilmiy va uslubiy ma’lumotlar bilan ta’minlangan, o‘quv yili mobaynida 30 ga yaqin xalqaro va Respublika miqiyosida ilmiy maqolalar, 5 tadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 2 ta monografiya chop qilinib talabalar bilim olishlari uchun zamin yaratildi.

 

Kafedrada jami 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafar  fan nomzodi professor, 1 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd)   dotsent, 1 nafari katta o‘qituvchi, 5 nafari o‘qituvchi va 5 nafari stajyor o‘qituvchi faoliyat olib boradi.  

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida ma’lumot.

T/r

Tadqiqotchi professor- o‘qituvchining F.I.Sh

Ilmiy darajasi, unvoni

Dissertatsiya ishi mavzusi

1

Matnazarov O‘ktam Latipovich

p.f.n., prof.

Подготовка студентов к использованию народной педагогики в физическом воспитании учащихся средних школ узбекистана

2

Xudoyberganov Otabek Erkinovich

PhD, dots.

Voleybol vositalari yordamida pedagogik oliygoxlarda jismoniy madaniyat fakultet talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini shakillantirish mexanizmi

3

Bekmonova Hurshida Shokirjonovna

O‘qituvchi

Koordinatsion qobilyatlarni rivojlanishida kechikish bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat faoliyatini rivojlantirish metodikasi.

4

Masharipov Ravqat Madraximovich

Katta o‘qituvchi

Kurash bilin shug‘ullanuvchi talaba sportchilarda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini rejalashtirish uslublari

5

Saporboyev Mirzabek Shavkat o‘g‘li

O‘qituvchi

Gender yondashuv asosida maktabgacha ta’lim o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash mexanizmlari

6

Abdirahmonov Lazizbek Latipboyevich

O‘qituvchi

Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari

7

Yo‘ldashov Javlonbek Dilshod o‘g‘li

O‘qituvchi

Gender yondashuv asosida boshlang‘ch sinf o‘quchilarini jismoniy tarbiyalash mexanizmlari