Close

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga asosan Urganch davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va Tarix  fakultetining “Tarix va geografiya” kafedrasi 2023-yil 4-sentabrda tashkil qilindi.

“Tarix va geografiya” kafedrasi mudiri tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xo‘jamuratov Umarjon Rustamovich.

Kafedra 2 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishini o‘z ichiga oladi: 60111100-Tarix, 6011100-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’limi yo‘nalishilari.

Tarix ta’limi yo‘nalishida jami 75  nafar, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’limi yo‘nalishida  jami 61 nafar talaba tahsil olmoqda.

          Kafedrada jami 9 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 1 nafari fan doktori 3 nafari falsafa doktori (PhD), 1 nafari o‘qituvchi va 4 nafari stajyor-oʻqituvchi hisoblanadi.

Kafedrada ayni davrda 5 nafar professor o‘qituvchi asosiy shtatda, 3 nafar professor o‘qituvchi ichki o‘rindoshlik asosida, 1 nafar professor o‘qituvchi tashqi o‘rindoshlik asosida ish faoliyatini olib bormoqdalar.

Kafedra ta’lim sohasida Respublika va xorijdagi ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda. Jumladan: Turkiya Respublikasidagi Istanbul universiteti, Urganch davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,  Navoiy davlat pedagogika instituti, Termiz davlat pedagogika instituti  hozirda yana hamkorlik shartnomalari tuzish davom etmoqda.

 

Tarix va geografiya kafedrasi tashabbusi bilan Qoraqalpoq milliy madaniyati namunalari bo'yicha ochiq dars bo'lib o'tdi

Tarix va geografiya kafedrasi tashabbusi bilan Qoraqalpoq milliy madaniyati namunalari bo'yicha ochiq dars bo'lib o'tdi ...

2024-01-23

Urganch davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi sirtqi ta'lim shaklining birinchi bosqich talabalari ishtirokida Qora ...

Batafsil
Turkiyaning Istanbul universiteti professori Tarix yo`nalishi talabalariga dars o'tmoqda

Turkiyaning Istanbul universiteti professori Tarix yo`nalishi talabalariga dars o'tmoqda ...

2023-11-22

Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika institutida Turkiyaning Istanbul universiteti vakili, Tarix fanlari professori Kurshat Yildirim oliygohni ...

Batafsil
Mahallalarda Tarix va geografiya kafedrasi oʻqituvchilari

Mahallalarda Tarix va geografiya kafedrasi oʻqituvchilari "Mahallada duv-duv gap" targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtmoqda ...

2024-01-03

Mahallalarda "Mahallada duv-duv gap" targʻibot tadbirlari  boʻlib oʻtmoqda

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekist ...

Batafsil
Tarix va geografiya kafedrasi tashabbusi bilan Qoraqalpoq milliy madaniyati namunalari bo'yicha ochiq dars bo'lib o'tdi

Tarix va geografiya kafedrasi tashabbusi bilan Qoraqalpoq milliy madaniyati namunalari bo'yicha ochiq dars bo'lib o'tdi ...

2024-01-17

Qoraqalpoq milliy madaniyati namunalari bo'yicha ochiq dars bo'lib o'tdi

Urganch davlat pedagogika institutida Palvanova Tuxt ...

Batafsil
AYNI PAYTDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX VA GEOGRAFIYA KAFEDRASI MUDIRI UMAR XUJAMURATOV TURKIYA RESPUBLIKASIDA XIZMAT SAFARIDA BO'LIB TU

AYNI PAYTDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX VA GEOGRAFIYA KAFEDRASI MUDIRI UMAR XUJAMURATOV TURKIYA RESPUBLIKASIDA XIZMAT SAFARIDA BO'LIB TU ...

2023-11-27

Ayni paytda Urganch davlat pedagogika instituti Tarix va geografiya kafedrasi mudiri Umar Xujamuratov Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo' ...

Batafsil