Close


IQTIDORLI OLIMA AYOLLAR VA TALABA QIZLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT


 Diqqat tanlov!

Iqtidorli olima ayollar va talaba qizlar uchun ajoyib imkoniyat

O‘z ilmiy g‘oyalaringiz, ilmiy yoki startap loyihalaringizni moliyalashtirishni istaysizmi? Unda, "Ayollar biznesiga birinchi qadam" tanlovi aynan siz uchun.

Topshiriladigan biznes loyiha shartlari:
•  Loyiha ijrochilarining tarkibi faqatgina xotin-qizlardan iborat boʻlishi;
•  Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
•  Bir jamoa  bitta loyiha bilan ishtirok etishi lozim;
•  Topshirilgan biznes loyihani amalga oshirish uchun soʻralgan mablagʻ miqdori Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomdagi hajmidan oshmasligi;
•  Biznes loyihalarni toʻliq ishga tushirishning yakuniy muddati bir yilgacha boʻlishi;
•  Loyihalarni qabul qilish: 1-dekabrdan 30-dekabrgacha.

Tanlovda ishtirok etish uchun institutning Ilmiy bo‘limi yoki Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 93-751-20-84

©️ UrDPI Matbuot xizmati