Close


XALQARO HAMKORLIK


Xabaringiz bor, dunyoning top mingtaligidagi uch yuztalikka kirgan va unda 142-o‘rinda turadigan  Malayziyaning Kebaansang universitetidan professorlar Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurgan edilar. Kebaansang universiteti professorlari: doktor Hanita, doktor Melor va doktor Harvati xonimlar  bilan institutimiz vakillari: Filologiya va san’at fakulteti dekani Zafar Adilov, “Umumiy filologiya” kafedrasi mudiri Nodira Ruzmetovalar o‘rtasida yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, uchrashuvda Urganch davlat universiteti o‘qituvchilari: Surayyo Otajonova, Jamila Ermetova va Nargiza Masharipovalar ham ishtirok qildilar. Uchrashuvda talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda oliygohlarning ilmiy salohiyatlarini yanada oshirish, Kebaansang universiteti va Urganch davlat pedagogika instituti o‘rtasida memorandum imzolash bo‘yicha rejalashtirilayotgan kelgusi jarayonlar muhokama qilindi. Avval ham aytib o‘tganimizdek, hamkorlikning yo‘nalishi hozirda, asosan, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha bo‘lib, keyinchalik tarmoqlarning yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan va mart oyida Kebaansang universitetidan professor-o‘qituvchilarning Urganch davlat pedagogika institutiga tashrifi ham kutilmoqda. 

urspi.uz;XALQARO HAMKORLIK

urspi.uz;XALQARO HAMKORLIK

 

Institutning bundan keyingi xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!!!

 

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: