Close


JAHON CHEMPIONATI SOVRINDORI OLTINOY SOTIMBOYEVA


Tanlagan sport turiga bo‘lgan qiziqishi hamda mashg‘ulotlarda tinimsiz mehnat qilganligi natijasida ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda:
2021-yil 18-iyun kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rin
2021-yil 30-avgust kuni Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 3-o‘rin
2021-yil 5-10-sentabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan MDX, o‘yinlarida  2-o‘rin
2021-yil 14-24-noyabr kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogida faxrli 1-o‘rin
2022-yilning 1-14-mart kunlari Iordaniya poytaxti Аmman shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 81 kg vazn toifasida 2-o‘rin
2022-yilning noyabr oyida Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida boks sport turi (81 kg vazn toifasida, ayollar o‘rtasida) bo‘yicha 2-o‘rin

O.Satimboeva 2021-2022-yillarda boks bo‘yicha respublika terma jamoasi aʼzosi. Uning iqtidori va erishgan yutuqlari Respublika mutaxassislari tomonidan ham bir necha bor eʼtirof etilgan.   

Uning sportda erishgan natijalari inobatga olinib, o‘zi tanlagan oliy taʼlim muasasasi – Urganch davlat pedagogika institutiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi va hozirgi kunda institutning baxtli yoshlari qatorida ta’lim olmoqda. 

Satimboeva Oltinoy Ravshanbek qizi kelajakda xalqaro sport arenalarida qatnashish uchun o‘z ustida yanada tinimsiz ishlashiga, yurtimiz shaʼnini yanada yuksaklarga ko‘tarishiga ishonamiz!!! Umidli talabamizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!!!

Ulashish: