Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING GANDBOLCHI TALABA-QIZLARI POKISTONDAGI G‘ALABAGA MUNOSIB HISSA QO‘SHISHDI


   Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishining 222-guruh talabalari Sevinch Erkaboyeva va Zulayho Marimboyevalar Pokistonning Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “IHF Trophy-Central Asia Zone III” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida faol ishtirok qildilar.  

2006-yil hamda  2004-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshli (U-20) qizlar jamoalari o‘rtasida poyoniga yetgan “IHF Trophy - Central Asia Zone III” turnirining taqdirlash marosimi o‘tkazildi hamda unda ikkala yosh toifasida ham bironta uchrashuvni boy bermay, haqli ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Xorazmlik gandbolchi qizlarimiz munosib taqdirlandilar.

Talabalarga yangidan-yangi zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!!!

urspi.uz;URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING GANDBOLCHI TALABA-QIZLARI POKISTONDAGI G‘ALABAGA MUNOSIB HISSA QO‘SHISHDI

urspi.uz;URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING GANDBOLCHI TALABA-QIZLARI POKISTONDAGI G‘ALABAGA MUNOSIB HISSA QO‘SHISHDI

Ulashish: