Close

Professional ta'lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 44-sonli buyrug'iga ko'ra bugungi kunda respublikamizda bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti "Maktabgacha ta’lim  metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi  Diana Yakubova  Xonqa pedagogika kolleji o'qituvchilariga "Mahorat darsi" o'tdi.

"Mahorat darsi"da «M.Montessori- metodikasi» mavzusi “BBB” va “Klaster” metodlari, “Venn” diagrammasi, tarqatma materiallar hamda UrDPI talabalarining M.Montessori- metodikasi bo‘yicha tayyorlagan qo'l ishlari namunalari yordamida mavzu to‘liq ochib berildi, barchada yaxshi taassurotlar qoldi. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda pedagog kadrlar uchun o‘quv seminarlar, mahorat darslari, "Master klasslar" tashkil qilishni ko‘paytirish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Ulashish: