Close


Urganch davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o'qituvchilari Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetining Psixologiya va ta'lim institutida malaka oshirib qaytdilar.


Urganch davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o'qituvchilari Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetining Psixologiya va ta'lim institutida malaka oshirib qaytdilar

Ayni kunlarda institutning O'quv ishlari bo'yicha prorektori U.Sheripov, "Jismoniy madaniyat" kafedrasi mudiri O‘.Matnazarov, "Маktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi D.Yakubova, "O'zbek va rus tili adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi G.Xalmatova, "Milliy g'oya va falsafa" kafedrasi o'qituvchisi A.Raximovlar Rossiyada xizmat safarida bo'ldilar.

Tashrifning birinchi kunida professor-o'qituvchilar institutda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, institutning O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, pedagogika fanlari doktori, dotsent Almaz Galimov Mirzanurovich bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida o'zaro ilmiy va o'quv sohalarda hamkorliklarni keng yo'lga qo'yish yuzasidan fikrlar almashildi.  

Ulashish: