Close


UrDPI dotsenti va magistranti Qozog‘iston Milliy badiiy akademiyasi e'tirofida!


Joriy yilning 10-aprel kuni Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston Milliy badiiy akademiyasi tomonidan oliy o‘quv yurtlarining 2-kurs magistratura talabalari o‘rtasida “Innovatsion vositalar prizmasidan tadqiqot an’anasi va zamonaviy impuls” mavzusida “Eng yaxshi prezentatsiya hisoboti” 4-xalqaro onlayn tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Bugun mazkur tanlov yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston Milliy badiiy akademiyasida taqdirlash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda UrDPI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Diyorjon Abdullayev boshchiligida mas'ullar onlayn ishtirok qildilar. 

Quvonarlisi, Urganch davlat pedagogika instituti Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Sarvarbek Yo‘ldoshev "Musiqa san'ati" nominatsiyasi bo‘yicha laureatlik diplomi bilan taqdirlandi. Shuningdek, "San'atshunoslik" kafedrasi o'qituvchisi, PhD, dotsent Rustam Rahimov ushbu xalqaro tanlovda hakamlar hay'ati qatorida munosib ishtirok etgani uchun "Tashakkurnoma" bilan taqdirlandi.

***Ma'lumot uchun, S.Yo‘ldoshev 2023-yilning dekabr oyida "Besh tashabbus" loyihalari doirasida o‘tkazilgan "Milliy va zamonaviy cholg‘u" ijrochiligi ko‘rik tanlovining respublika bosqichida 23-30 yoshlilar o‘rtasida faxrli III o‘rinni qo'lga kiritgan edi.

Ustozimizga va magistrantimizga yangidan-yangi zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

 

 

 

Ulashish: