Close


DOG‘ISTON DAVLAT UNIVERSITETI PROFESSORI URDPI PROFESSOR-O'QITUVCHILARIGA MASTER-KLASS O'TKAZDI


Dog‘iston davlat universiteti professori UrDPI professor-o'qituvchilariga master-klass o'tkazdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Dog‘iston davlat universiteti professori, Biologiya fanlari doktori (DSc) Maksim Nabojenko Urganch davlat pedagogika institutida xizmat safarida bo'lib turibdi.

Bugun professor Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrantlariga "Ilmiy tadqiqot metodologiyasi" fanidan master-klass o'tkazdi.

Unda bugungi kundagi dunyo ilm-fan rivoji, jahon biolog olimlarining so'nggi yutuqlari, ilmiy faoliyatni to'g'ri tashkil qilish, ilmiy materiallarni nashr qildirish, nufuzli jurnallarda maqolalar e'lon qilish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Ma'lumot uchun, Dog‘iston davlat universiteti Biologiya fanlari doktori (DSc), professor Maksim Nabojenko hamda Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Xudargan Bekchanov rahbarligida bir guruh tadqiqotchilar O'zbekiston bo‘ylab ilmiy izlanish ishlarini olib bordilar va shu haftadan yana institutdagi faoliyatini boshladilar.

©️UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: