Close


Respublika ilmiy-amaliy konferensiya


Urganch davlat pedagogika institutida “Globallashuv jarayonida talabalar sporti va jismoniy tarbiya ta'limining dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanni institut rektori, pedagogika fanlari doktori, dotsent Feruza Madraximova ochib berdi. Anjumanda I.A.Gertsen nomidagi RDPU Toshkent filiali “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Timur Nabiyev, UrDU “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professori, p.f.n. Ne’mat Roʻzmetov va boshqa olimlar oʻz ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Anjumanda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, UrDU, Samarqand davlat universiteti, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Chirchiq  davlat pedagogika institutidan professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar oʻz maqolalari bilan ishtirok etdilar.

Ulashish: