Close


Kafedra respublika konferensiyada ishtirok etdi!


Urganch davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti davrida pedagogika, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning rivojlanish tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanni institut rektori, pedagogika fanlari doktori, dotsent Feruza Madraximova ochib berdi. Anjumanda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamro Bektemirov, UrDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Pedagogika fanlari doktori, professor Sardor Xo‘janiyazov, UrDU Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Erkin Ro‘ziyev va boshqa olimlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Anjumanda Astraxan davlat universiteti, Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasi, UrDU, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Chirchiq  davlat pedagogika instituti, Ichki Ishlar vazirligi Andijon akademik litseyidan professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar o'z maqolalari bilan ishtirok etdilar.

 

 

Ulashish: