Close


Yangi o'quv qo'llanma!


Yana bir yangi o'quv qo'llanma nashrdan chiqdi

Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari D.Nafasov, shuningdek, D.Atamuratov, X.Eshchanova, Z.Asqarovalar hammuallifligida "Ijtimoiy pedagogika" o'quv qo'llanmasi nashrdan chiqdi. O'quv qo'llanma Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  ruxsatnomasiga asosan nashr qilinib, 60110100 — Pedagogika (Tarbiya fani o'qituvchisi) yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. 

O'quv qo'llanmada ijtimoiy pedagogika asoslarining dolzarb masalalari yoritib berilgan bo'lib, tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi, shaxs ijtimoiylashuvi va rivojlanishi jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar, ijtimoiy pedagogikaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari aniqlashtiriladi, ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi bayon qilinadi, shuningdek, yana bir qator masalalar tahlilga tortiladi. 

 

Ulashish: