Close


Yangi darslik nashrdan chiqdi


Urganch davlat pedagogika instituti "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi F.Bekchanova, shuningdek, N.Quchqarova, M.Durdiyevalar hammuallifligida "Maktabgacha ta'limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish" nomli darslik nashrdan chiqdi. Darslik Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ruxsatnomasiga asosan nashr qilinib, 5111800 Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.

Darslikda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan faoliyatlarni loyixalashtirish hamda pedagogik faoliyatni to'g'ri tashkil qilish borasida muhokamalar o'z aksini topgan. Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bakalavrlari, bo'lg'usi tarbiyachilar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat yurituvchi kadrlar yanada yaxshi samaradorlikka erishishlari uchun darslikdagi ma'lumotlardan ijodiy foydalanishlarini tavsiya qilamiz.

Ulashish: