Close


UrDPIDA MUSIQA TA'LIMI YO'NALISHI TALABALARI ISHTIROKIDA HISOBOT KONSERT TASHKIL ETILDI


Bugun, 5-aprel kuni Urganch davlat pedagogika institutining Musiqa ta'limi yo'nalishi talabalari ishtirokida jonli ijroda hisobot konserti bo'lib o'tdi. Hisobot konsertda institut rektori Feruza Madraximova ishtirok etib, talabalarning san'at sohasidagi ijodlariga muvaffaqiyat tiladi.

Konsertda institut talabalaridan "Nihol" davlat mukofoti sohibi Matnazar Ozodov, Respublika tanlovlari g'olibi Izzat Ro'zmetov va institut ansambli badiiy rahbari Shahzodbek Rajabovlar ijrosida kuy-qo'shiqlar namoyish etildi. 

Konsert dasturi barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi. Dasturdan so'ng talabalar uchun osh tarqatildi. 

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: