Close


Urganch davlat pedagogika instituti profeesor-o`qituvchilar va ishchi xodimlar o`rtasida “Rektor kubogi” musobaqalarining “Stol tennis” sport turi bo’yicha musobaqasi o’tkazildi


Jamiyatimizda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug`ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o`z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo`lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg`ularini kamol toptirish, shuningdek, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

    Mamlakatda amalga oshirilayotgan bunday harakatlar jismoniy va ma'naviy salomatligini shakllantirishini, sog`lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning g`oyat muhim sharti sifatida talaba yoshlar ommaviy sportini rivojlantirishni ta'minlash maqsadini ko‘zlaydi. Shu maqsadda Urganch davlat pedagogika institutida 2023-yil 6-noyabr kuni professor-o`qituvchilar va ishchi xodimlar  o`rtasida sportning stol tennis turi bo`yicha  fakultetlar birinchiligi o`tkazildi. Musobaqa  o`yinlari chiqib ketish usulida o`tkazildi. Musobaqaga L.L.Abdiraxmonov, U.A.Baxramov, X.M.Qurbonboyevlar  hakamlik qilishdi. Musobaqa juda keskin va ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi.

     Natijalariga ko`ra ayollardan:

1-o`rinni Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi o`qituvchisi Pak Kseniya

2-o`rinni Aniq va amaliy fanlar fakulteti jismoniy ma’daniyat kafedrasi o`qituvchisi Baltayeva Barchinoy

3- o`rinni Pedagogika Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi o`qituvchisi Ahmedova Gulnoza

Musobaqada g`olib bo`lgan professor-o`qituvchilar va ishchi xodimlar     “UrDPI” sport klubi tomonidan diplom va estalik sovg`alar topshirildi.

Ulashish: