Close


Turkiyaning Istanbul universiteti professori Tarix yo`nalishi talabalariga dars o'tmoqda


Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika institutida Turkiyaning Istanbul universiteti vakili, Tarix fanlari professori Kurshat Yildirim oliygohning Tarix va iqtisodiy geografiya kafedrasi professori sifatida muddatli ravishda faoliyat boshladi.

Ushbu faoliyatdan maqsad ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, chet el tajribalarini amalda qo‘llash va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdir.  

Bugun Kurshat Yildirim "Yunon-Baqtriya davlati" mavzusida talabalarga dars o'tdi. Dars davomida mavzu yuzasidan batafsil ma'lumot berildi, savol-javoblar o'tkazildi, fikrlar almashildi.

*Ma'lumot uchun, hamkorlikning yo‘nalishi hozirda, asosan, tarix fanini o‘qitish bo‘yicha bo‘lib, keyinchalik tarmoqlarning yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan va Turkiyaning Istanbul universitetidan yana professor-o‘qituvchilarning Urganch davlat pedagogika institutiga tashrifi ham kutilmoqda.  

Ulashish: