Close


"HECH KIM MEHR VA E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI!"


Joriy yilning 2-dekabr kuni  "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Urganch shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida "HECH KIM MEHR VA E'TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI!" shiori ostida o‘tkazilgan Ochiq eshiklar kunida Urganch davlat pedagogika instituti "O‘zbek va rus tili adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchilari G.Xalmatova va M.Ismagilovalar qatnashdilar.

Tadbir davomida maktab-internatning iqtidorli  o‘quvchilari tomonidan she'rlar, kuy va qo'shiqlar ijro qilindi.

Tadbir yakunida maktab-internatning bir guruh o‘quvchilariga UrDPI "O‘zbek va rus tili adabiyoti" kafedrasi tomonidan tashkil qilingan sovg‘alar taqdim qilindi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

 

Ulashish: