Close


UrDPI REKTORI OZARBAYJON-TURKIYA HAMKORLIGIDAGI BZT TURON AKADEMIYASINING FAXRIY DOKTORI BO'LDI


UrDPI rektori Ozarbayjon-Turkiya hamkorligidagi BZT Turon Akademiyasining faxriy doktori bo'ldi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximovaga  O‘zbekiston-Ozarbayjon xalqaro aloqalarini mustahkamlash, xususan, oliy ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun Ozarbayjon-Turkiya hamkorligida tashkil etilgan BZT Turon akademiyasi tomonidan "Faxriy doktor" unvoni berildi. 

Ma'lumot uchun, joriy yilning noyabr oyida Ozarbayjonning Baku shahrida bo'lib o'tgan milliy madaniyatlar va san'at bo'yicha o'tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada oliygoh rektori Feruza Madraximova ma'ruza bilan ishtirok etib, qator turkiy davlatlar OTMlari bilan memorandumlar imzolangan edi. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: