Close


UrDPIGA OZARBAYJONLIK MEHMONLAR TASHRIF BUYURDILAR


Bugun Urganch davlat pedagogika institutiga Ozarbayjon-Turkiya hamkorligida tashkil etilgan BZT Turon akademiyasi direktori, Turk dunyosi ijtimoiy tadqiqotlar izlanuvchilari Markazi rahbari Niyamaddin Shukurov va Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasi ilmiy tadqiqotchisi Ferahila Babayevalar tashrif buyurdilar.

Mehmonlar institut rektori Feruza Madraximova va professor-o'qituvchilar jamoasi bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida O'zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining mushtarak madaniyatlari, ming yillar davomida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan milliy qadriyatlari, ilmiy, o'quv va madaniy jabhalardagi xalqaro hamkorliklari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: