Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA NOVOSIBIRSK DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI


Urganch davlat pedagogika instituti va Novosibirsk davlat texnika universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi
 
Institutga Novosibirsk davlat texnika universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sergey Chernov Sergeevich, bo‘lim boshlig‘i Darya Borovikovalar tashrif buyurdilar hamda oliygoh mas'ullari bilan uchrashdilar. 
 
Uchrashuv davomida akademik ma’lumotlar va materiallar, shuningdek, pedagoglar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va stajirovkalar o‘tkazish, o‘zaro kelishuv asosida boshqa ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar haqida fikr-mulohazalar bayon qilindi. Uchrashuv so‘nggida ilmiy, o'quv, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda hamkorliklarni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.
 
Institutning bundan keyingi xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
 
 
 
 
©️ UrDPI Matbuot xizmati 
 

Ulashish: