Close


“YANGI O‘ZBEKISTON VA INSON HUQUQLARI” MAVZUSIDA UMUMMILLIY DARS TASHKIL QILINDI


“Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida umummilliy dars tashkil qilindi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti Milliy g'oya va falsafa kafedrasi mudiri Shahlo Samanova tomonidan “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida umummilliy dars mashg'uloti tashkil qilindi.

Darsda Yangi O'zbekistonimizda inson huquqlarini himoya qilishga qaratilayotgan islohotlar va ularning samarali natijalari, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish borasida dunyo tajribasi haqida batafsil ma'lumotlar berildi. 

O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada rivojlantirishga, aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga, shuningdek, davlat xizmatchilarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Barcha fuqarolarimiz tomonidan mamnuniyat bilan e’tirof etilayotgan demokratik islohotlarimiz tufayli fuqarolarimiz jamiyatning turli jabhalarida faol va  yakdil qadam tashlamoqda. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: