Close


“YANGI NAFAS” OMMAVIY YUGURISH MARAFONIDA 1-OʻRIN, 2-OʻRIN VA 3-OʻRINNI HAM URDPI TALABALARI EGALLADILAR


"Yangi nafas" ommaviy yugurish marafonida 1-oʻrin, 2-oʻrin va 3-oʻrinni ham UrDPI talabalari egalladilar.

Xiva shahrida o‘tkazilgan “Yangi nafas” sport musobaqalarida Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabalari Isobek Saporboyev 1-oʻrinni, Akbar Jumaniyozov 2-oʻrinni  va Rasulbek Jumaniyozov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 

Ular viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Maʼlumot o‘rnida Isobek Saparbayev Rossiya davlatining Ufa shahrida o‘tkazilgan I-yozgi surdlimpiada o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirokchisi hamda bir necha marotaba “Yangi nafas” yugurish marafonining sovrindorlaridan hisoblanadi.

Bugungi g‘alaba bilan talabalarimizni samimiy muborakbod qilamiz va hamisha zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: