Close


TOSHKENT SHAHRIDA GANDBOL BO‘YICHA "WOMEN'S IHF TROPHY — ASIA CONTINENTAL PHASE" TURNIRI BO‘LIB O‘TMOQDA


Ayni kunlarda Toshkent shahrida gandbol bo‘yicha "Women's IHF Trophy — Asia Continental Phase" turniri bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda Urganch davlat pedagogika instituti talabalari, Xalqaro toifadagi sport ustalari Sevinch Erkaboyeva (Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori) va Zulayho Marimboyevalar ham O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida faol ishtirok qilmoqdalar. 

Kuni kecha U-19 guruhida O‘zbekiston va Hindiston qizlar terma jamoalari maydonga tushdilar hamda jamoamiz mahorat bobida raqibalaridan ustun ekanliklarini isbotladilar.  Bahsda 44:37 hisobi qayd qilindi. 
       
E'tiborlisi, bu o‘yinda Sevinch Erkaboyeva “Eng yaxshi o‘yinchi” deb topildi. 

O‘zbekiston terma jamoasini navbatdagi yutuq bilan samimiy muborakbod qilamiz va talabalarimizga ham yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: