Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XORAZM TELEKANALINING DIQQAT MARKAZIDA


To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan ko‘rsatuvda Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b., Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Jumanazar Yarmetov; Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromboy  Samandarov; Filologiya va san’at fakulteti dekani, Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Zafar Adilov; “Umumiy filologiya” kafedrasi dotsenti v.b., Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Marg‘uba Matquliyeva; Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Doniyorbek Xudoyberganovlar ishtirok etdilar. 

Muloqot jarayonida yangi tashkil qilingan Urganch davlat pedagogika institutining bugungi kundagi faoliyati, o‘quv ishlari, ilmiy-amaliy jarayonlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yana ko‘plab institut hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan jabhalari atroflicha yoritib berildi.

Urganch davlat pedagogika instituti rahbariyati va o‘qituvchilaridan tashkil topgan jamoa jonli efir chog‘ida fuqarolardan tushgan savollarga batafsil javoblar berdilar.

O‘ylaymizki, bu kabi muloqotlar institut va xalq o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Institutimiz jamoasini istiqbolli kelajak sari qo‘yilgan yana bir qadam bilan tabriklaymiz!

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XORAZM TELEKANALINING DIQQAT MARKAZIDA

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XORAZM TELEKANALINING DIQQAT MARKAZIDA

urspi.uz;URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XORAZM TELEKANALINING DIQQAT MARKAZIDA

Matbuot xizmati   

Ulashish: