Close


“TA’LIM SIFATINI OSHIRISH – TARAQQIYOTNING ENG TO‘G‘RI YO‘LI”


     “Xalq so‘zi” gazetasining 2023-yil 27-may kungi 108-sonida Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov Ruzimovichning “Ta’lim sifatini oshirish – taraqqiyotning eng to‘g‘ri yo‘li” sarlavhali maqolasi chop etildi.

     Maqola jamiyatning taraqqiy etishi bevosita sifatli ta’lim va samarali ilm bilan bog‘liq ekanligi, shu bois har bir xalq farovon hayotni ko‘zlar ekan, yosh avlodni yuksak bilimli, jismonan baquvvat va ma’nan yetuk qilib tarbiyalashi shart ekanligi, uchinchi Renessansning uzviy halqalari hisoblangan maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida jonlanish, yangilanish ro‘y berayotgani, zamonaviy maktablar qurilayotgani, yangi ta’lim dargohlari ochilayotgani haqidagi fikrlar bilan boshlanadi.

     Maqolada keyingi yillarda yurtimizda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inini rivojlantirishga e’tibor yanada kuchaygani, xususan, islohotlar samarasi o‘laroq Urganch davlat pedagogika institutining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi  “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari negizida tashkil etilgani hamda bugungi kunda ta’limdagi islohotlar yangi institutda ham o‘zining totli mevalarini berayotgani aks ettirilgan.

    Shuningdek, maqolada akademik mobillik, “SMART” auditoriyalar yaratish, ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani, barcha jarayonlarning yagona Hemis dasturi orqali avtomatlashtirilgani, institut tomonidan imkoniyati cheklangan talabalar uchun ko‘plab imkoniyatlarning yaratilayotgani, oliygohda xalqaro hamkorlik aloqalarining yanada kengayayotgani, “Urganch davlat pedagogika instituti AXBOROTNOMASI” ilmiy-metodik jurnalining ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, Urganch davlat pedagogika instituti akademik litseyining tashkil qilinishi, oliy ta’limga tatbiq etilgan kredit-modul tizimining afzallik jihatlari kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Ko‘rish

   Hurmatli ustozimizning keyingi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Ulashish: