Close


“TALABALAR LIGASI”GA BASKETBOL SPORT TURI BO‘YICHA SARALASH MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI


UrDPI Pedagogika fakultetida “Talabalar ligasiga saralash” tadbirlar rejasiga muvofiq “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning basketbol turi bo‘yicha “Basketbol birinchiligi”  sport musobaqalari o‘tkazildi. 

    Unda fakultetdagi Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalaridan tarkib topgan 6 guruh ishtirok qilib, o‘zaro kuch sinashdilar. 

    Musobaqani “Texnologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri O‘.Matnazarov ochib berdi. 

    Musobaqa bosh hakami  R.Masharipov,  yordamchi hakamlar: O.Xudayberganov, M.Saparboyev, J.Yo’ldashov,  X.Bekmonova,  B.Baltayeva, L.Abdirahmonovlar musobaqa bo‘yicha guruhlar ishtirokini adolatli va shaffof baholab bordilar.

    Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rin: Jismoniy madaniyat yo‘nalishining 223-guruh talabalari jamoasi 
2-o‘rin: Jismoniy madaniyat yo‘nalishining  226-guruh talabalari jamoasi 
3-o‘rin: Jismoniy madaniyat yo‘nalishining  221-guruh talabalari jamoasi 

    Kurashlarga boy, shiddatli va qiziqarli tarzda o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblarini muborakbod qilamiz!

urspi.uz; “TALABALAR LIGASI”GA BASKETBOL SPORT TURI BO‘YICHA SARALASH MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

urspi.uz; “TALABALAR LIGASI”GA BASKETBOL SPORT TURI BO‘YICHA SARALASH MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

urspi.uz; “TALABALAR LIGASI”GA BASKETBOL SPORT TURI BO‘YICHA SARALASH MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: