Close


PEDAGOGIKA FAKULTETI TOMONIDAN “Ona tilim-iftixorim!” IJODIY ISHLAR TANLOVI O‘TKAZILDI


21-oktabr "Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Ona tilim- iftixorim" shiori ostida  ijodiy tanlov o'tkazildi. Tanlovda Pedagogika, Filologiya va san'at fakultetidan 200 ga yaqin talaba ishtirok qildi. Tanlov quyidagi yo'nalishlarda o'tkazildi.
Audioshe'rlar, videorolik
Ijodiy rasm
Insho

Yakuniy natijalarga ko'ra g'olib bo'lgan ishtirokchilar 21-oktabr kuni Pedagogika fakulteti tomonidan diplom, faxriy yorliq va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari A.Matmuratov talabalarni 21-oktabr O'zbek tili bayramining 33 yilligi hamda tanlovdagi ishtiroki bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tiladi.

urspi.uz;PEDAGOGIKA FAKULTETI TOMONIDAN “Ona tilim-iftixorim!” IJODIY ISHLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

urspi.uz;PEDAGOGIKA FAKULTETI TOMONIDAN “Ona tilim-iftixorim!” IJODIY ISHLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

urspi.uz;PEDAGOGIKA FAKULTETI TOMONIDAN “Ona tilim-iftixorim!” IJODIY ISHLAR TANLOVI O‘TKAZILDI
UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: