Close


OLIMA AYOLLAR E'ZOZDA


Bugun "Olima" uyushmasi Xorazm viloyati bo'limi tomonidan TTA Urganch filialida "O'zbekistonda inklyuziv o'sish va barqaror rivojlanish istiqbollari: ijtimoiy-iqtisodiy sohada strategiyani ishlab chiqish" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Anjumanda Xorazm viloyat hokimi o'rinbosari San'atbek Salayev, TTA Urganch filiali direktori Rashid Ro'ziboyev va UrDPI rektori Feruza Madraximovalar so'zga chiqib, olima ayollarga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e'tibor va keng imkoniyatlar xususida fikr-mulohazalarini bildiridilar.

Anjuman davomida o'z kasbiga sadoqatli, ilmiy salohiyatli, yoshlarni ilmiy intellektual bilimlarini yuqori saviyaga ko'tarishda fidoiylik ko'rsatib kelayotgan viloyatimizning bir guruh olima ayollari xususan, UrDPI professor-o'qituvchilari ham diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

©️UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: