Close


GLAZOV DAVLAT MUHANDISLIK-PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HAMDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O'RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti hamda Urganch davlat pedagogika instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xabar berganimizdek, bugun Rossiyaning V.G. Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti rektori Yanina Aleksandrovna Chigovskaya-Nazarova, O'quv ishlari bo'yicha prorektor Yekaterina Kalinina Eduardovna hamda bir guruh mas'ullar Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti hamda Urganch davlat pedagogika instituti vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv so'nggida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum akademik, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Xususan, unda professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ularning stajirovka va malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sohasidagi o‘zaro tajribalarni o‘rganish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish, o'zaro talabalar almashinuvini joriy etish kabi bir qator masalalar qamrab olingan.

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: