Close


ELEKTRON O'QUV DASTUR YARATILDI


Urganch davlat pedagogika instituti "Pedagogika" kafedrasi katta o'qituvchisi Shaxnoza Yakubova va o'qituvchi Nafisa Sabirovalar tomonidan "Oila pedagogikasi" fanidan elektron o'quv dastur yaratildi. Ushbu dastur O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining ro'yxatidan o'tgan bo'lib, oliy ta'limda Pedagogika ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan hamda talabalarga oilaviy munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlarini, mustaqil oilaviy hayot ko'nikmasini, oilada farzand tarbiyasida qo'llaniladigan shakl va metodlarni o'rgatadi.

urspi.uz; Elektron o'quv dastur yaratildi

©️ UrDPI Matbuot xizmat