Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING YANGI LOGOTIPI BILAN TANISHING


#LOGO | #UrDPI
 
UrDPIning yangi logotipi bilan tanishing! 
 
Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan logotiplar tanlovi e'lon qilingan edi. Tanlovga kelib tushgan loyihalar komissiya tomonidan o'rganildi va ushbu logo UrDPIning yangi logotipi sifatida tanlandi.
 
Logotip konsepsiyasi: 
 
🔹 Urganch davlat pedagogika instituti jumlasida PEDAGOGIKA so'ziga urg'u berilishi - bugungi kunda pedagogika sohasiga hamda o'qituvchi va muallimlarga e'tiborning yuqori darajaga ko'tarilganligi bilan izohlanadi; 
 
🔹 Kitobdan nur taralishi - bu pedagoglar tomonidan yosh avlodga beriladigan bilimning insoniyat kelajagini quyosh nurlari singari yoritishi;
 
🔹 Quyosh - Xorazm diyori quyoshli o'lka;
 
🔹 Aylana ichida o'zbek tilida hamda aylana atrofida ingliz va rus tillarida UrDPIning nomi kengaytirilgan shaklda keltirilgan; 
 
🔹 Quyi qismidagi 2022 raqami institutning tashkil etilgan yilini anglatadi.
 
Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz va tanlov g'olibini tabriklaymiz!
 
 
©️ UrDPI Matbuot xizmati