Close


DIQQAT! E'LON!


 Urganch davlat pedagogika institutida ertaga, 15-avgust kuni,  60111300 – “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi va 60112200 – “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishlari uchun xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirishga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kasbiy-ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

60111300 – “Musiqa ta’limi” yo‘nalishiga hujjat topshirgan talabgorlarning kasbiy-ijodiy imtihonlari Urganch davlat pedagogika instituti binosida  bo‘lib o‘tadi.
      Manzil: Urganch shahri, Gurlan ko‘chasi, 1A-uy.

60112200 – “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishiga hujjat topshirgan talabgorlarning kasbiy-ijodiy imtihonlari Urganch davlat universitetining sport maydonchasida bo‘lib o‘tadi.
     Manzil: Urganch shahri, H.Olimjon ko‘chasi, 14-uy.

Eslatib o‘tamiz, kasbiy-ijodiy imtihonlar soat 17:00 da boshlanadi!

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha TEST SINOVLARI 16-avgust kuni o‘tkaziladi.  Talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

©️UrSPI Press Service