Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING AKADEMIK LITSEYI — UCHINCHI RENESSANS BUNYODKORLARI, DUNYOLARGA DUR BO‘LGUVCHI DAHOLAR DARGOHI!


 Urganch davlat pedagogika institutining akademik litseyida quyidagi yo‘nalishlarda 2023-2024-o‘quv yilidan o‘quv jarayoni tashkil qilinadi:
 Aniq fanlar (3910002 – Matematika, xorijiy til);
 Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3930001 – Ona tili va adabiyot, xorijiy til);
 Xorijiy filologiya (3940000 – Ingliz tili, ona tili va adabiyot).

 Akademik litseyga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz platformasi orqali shu yilning 30-iyuniga qadar amalga oshiriladi.

 To‘liq ma’lumotni https://t.me/urdpial rasmiy telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

Ro‘yxatdan onlayn tarzda o‘tish imkoniga ega bo‘lmagan va boshqa tushunmovchiliklar yuzaga kelgan holda abituriyentlar to‘g‘ri akademik litseyda tashkil etilgan qabul komissiyasiga murojaat etishlari mumkin.

Manzil: Urganch shahar “Yoshlik” ko‘chasi 24-uy
Mo‘ljal: “Yoshlik” sport majmuasining yon tomoni.

Murojaat uchun telefonlar: 
 91-434-47-90                      
  91-433-03-30

UrDPI Matbuot xizmati