Close


HESHTEG TANLOVI


urspi.uz;HESHTEG TANLOVI

HESHTEG TANLOVI

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-martdagi “Talaba va yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 48-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 22-bandida Ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok etayotgan talaba yoshlarni aniqlash maqsadida Heshteg tanlovini oʻtkazish vazifasi belgilangan. 

    Aziz talabalar! Sizning har qanday qobiliyatingizni (blogerlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, sport, ilmiy izlanishlar, umuman qaysi jabhada bo‘lishidan qat’iy nazar), qaysi fakultet va qaysi yo‘nalish talabasi bo‘lishingizdan qat’iy nazar, xalqqa namoyish qilishni o‘z vazifasi deb bilgan Heshteg tanlovining “Talaba minbari”ga barchangizni taklif qilamiz!

    Heshteg tanlovining maqsadi yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish, asosiysi, sizning iqtidor va qobiliyatingizni namoyish qilish! 

 Eslatib o‘tamiz! Heshteg tanlovinining eng faol ishtirokchilarini oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish nazarda tutilgan!