Close


Taniqli yozuvchi Shahodat Isaxonova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


 Joriy yilning 26-aprel kuni Urganch davlat pedagogika institutining akademik litseyida taniqli yozuvchi, qator roman va hikoyalari bilan o'zbek adabiyotida o'ziga xos o'rin egallagan adiba Shahodat Isaxonova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Shunindek, litseyga Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, isteʼdodli ijodkor Shoira Shamslar hamda bir qator masʼullar ham tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda ijodkorning asarlari haqida iliq fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar yozuvchining ijodi, xususan, hikoya va romanlari haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan muallifga murojaat qildilar hamda savollariga batafsil javoblar oldilar.

Ulashish: