Close


El ardog'idagi shoira Sayyora Samandar va yoshlar uchrashuvi


23-aprel kuni Urganch davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari tomonidan Ma'rifat ulashib loyihasi doirasida uchrashuvlar boshlandi. Xususan, Urganch tumanidagi  4-son maktabda o'quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ularning kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida shoira Sayyora Samandar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi.

Ma'lumot uchun, shoira O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibasi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, "Sizga aytolmagan so'zlarim", "Ko'nglim", "Va yana bahor", "Ozodlikdek baxt yo'qdir", "Faqat ishq" kabi o'nlab she'riy to'plamlar muallifidir.

 

Ulashish: