Close


Ogahiy ijod maktabida mahorat darsi tashkil qilindi.


 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligi doirasida maktabimizda institut O'zbek va rus tili adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 19-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinfida mahorat darsini UrDPI oʻzbek va rus tili adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Gulnoza Sapayeva olib bordi. Darsda Frans Kafkaning  "Evrilish" hikoyasi tahlili bo'lib o'tdi. Dars davomida  hikoya haqida suhbatlashildi. 

Ulashish: