Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HAMDA QOZON FEDERAL UNIVERSITETI O'RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI


Xabaringiz bor, ayni kunlarda institutimizning bir guruh professor-o'qituvchilari dunyo reytingida 396 o'rinni egallagan Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetida xizmat safarida bo'lib turibdilar. Tashrif davomida kuni kecha O'quv ishlari bo'yicha prorektor Umarbek Sheripov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Qozon federal universitetining rahbariyati bilan muzokaralar olib bordilar.

So'ngra OTMlar o'rtasida ilmiy va o'quv sohalarda hamkorliklarni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. Memorandum akademik ma’lumotlar va materiallar, pedagoglar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va stajirovkalar o‘tkazish, o‘zaro kelishuv asosida boshqa ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar qamrab olingan.

Delagatsiyamiz a'zolarining universitetga tashrifi hamda ilmiy va o'quv sohalarda xalqaro hamkorliklarni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandumning imzolanishi KFU hamda UrDPI rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali yoritildi.

Mana bu delegatsiyamiz https://media.kpfu.ru/news/podpisanie-7 

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: