Close


Urganch davlat pedagogika instituti va Moskva davlat lingvistika universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi


Rossiya Federatsiyasining "Forbes" TOP-100 talik OTMlari ro‘yxatida 33-o‘rinda, shuningdek, QS xalqaro reytinglovchi tashkilotning lingvistika fani bo‘yicha dunyoda 77- o‘rinni egallagan Moskva davlat lingvistika universiteti va Urganch davlat pedagogika instituti o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandum ilmiy va o'quv sohalarida hamkorliklarni mustahkamlashga qaratilgan. Xususan, akademik ma’lumotlar va materiallar, pedagoglar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va stajirovkalar o‘tkazish, o‘zaro kelishuv asosida boshqa ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalarni qamrab olgan. 

Institutning bundan keyingi xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Ulashish: