Madraximova Feruza Ruzimbayevna 1988-yilda tavallud topgan. 2008-yilda Urganch davlat universitetida bakalavr bosqichini, 2010-yilda O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tomomlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi.
2011–2014-yillarda O‘zMUda katta ilmiy xodim, izlanuvchi (tayanch doktorantura) bo‘lgan. 2013–2014-yillarda “Kamolot” YIH Markaziy Kengashida bo‘lim boshlig‘i, 2014–2019-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” telekanalida bosh muharrir o‘rinbosari, 2019–2020-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi, 2020–2023-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida birinchi prorektor, 2023-yildan hozirgi vaqtgacha Urganch davlat pedagogika instituti rektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Pedagogika fanlari doktori, dotsent.