Close


Rus tilini mukammal o'rganamiz!


Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti "O'zbek va rus tili adabiyoti" kafedrasida tashkil qilingan "Rus tilini mukammal o'rganamiz" kursi nafaqat institut talabalari uchun, balki rus tiliga qiziqqan barcha yoshlar  uchun mo'ljallangan.

 

Ushbu kurs "O'zbek va rus tili adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi G.Xalmatova tomonidan haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14.00da o'tkazilib kelinmoqda. Kursda barcha talabalar qatnashishi mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun "O'zbek va rus tili adabiyoti" kafedrasi mudiri M.Matquliyevaga murojaat qilishingiz mumkin.

tel: +99897-510-03-81