Close


"URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLILI VA ISTIQBOLLI REJALAR" MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT BO'LIB O'TDI


"Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlar tahlili va istiqbolli rejalar" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. 

Unda oliy ta'lim muassasasi mas'ullari hamda ommaviy axborot vositasi vakillari, blogerlar hamda media sohasiga qiziqishi yuqori bo'lgan yoshlar, iqtidorli talabalar ishtirok etdi. 

Ochiq muloqoqtda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Diyorjon Abdullayev hamda Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Jaloliddin Sa'dullayevlarning ma'ruzalari tinglandi, taqdimotlar orqali OTMning xalqaro hamkorliklarini o'zida qamragan materiallar namoyish qilindi.

Shuningdek, OAV vakillari: "Antikorrupsiya" internet nashri muharriri, bloger Qahramon Eshchanov, TATU Urganch filiali matbuot kotibi Zulayho Qobulovalar o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.

***Ma'lumot uchun, Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etilganligiga endigina ikki yil bo'lishiga qaramay, bugungi kunda dunyoning Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Ozarbayjon, Rossiya, Belarusiya, AQSH, Iordaniya kabi davlatlarining o'ttizga yaqin oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolashga erishdi. 

©️UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: