Close


URDPI KENGASHINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI


UrDPI Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.

Kengashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining institutdagi ijrosi, O‘zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida"gi qonunining institutdagi ijrosi, kafedralar salohiyatini oshirish hamda professor-o‘qituvchilarning nashr ishlari tahlili kabi bir qator masalalar yuzasidan axborot va hisobotlar tinglandi.

Shuningdek, Kengashda Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida "Mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis" nominatsiyasi bo'yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan va respublika bosqichiga yo‘llanma olgan institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘lim boshlig‘i B.Bekchanov hamda UrDPI Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi O.Xudayberganovning samarali faoliyati eʼtirof qilinib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan bir qator o‘quv qo‘llanma va darsliklar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi. 

©️UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: