Close


Urganch davlat pedagogika instituti va Turkiyaning Ondokuz Mayis universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi


Bugun institutga Turkiyaning Ondokuz Mayis universiteti rektori, professor Yavuz Unal hamda universitetning xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i, professor Mustafo Said Kursun o'g'lu tashrif buyurdilar hamda "Ta'limda turkiy xalqlar milliy mentalitetini mustahkamlashning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Shuningdek, xalqaro ilmiy-anjumandan so'ng oliy ta'lim muassasalari o'rtasida ilmiy va o'quv sohalarda hamkorliklarni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. Xususan, memorandum akademik ma’lumotlar va materiallar, pedagoglar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va stajirovkalar o‘tkazish, o‘zaro kelishuv asosida boshqa ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalarni qamrab olgan.

Institutning bundan keyingi xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Ulashish: